Davstatqöm xabariga köra, taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beşta davlatda faol taşqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afğoniston (396,6 mln. AQŞ dollari), Qirğiz Respublikasi (329,0 mln. AQŞ dollari), Tojikiston (173,6 mln. AQŞ dollari), BAA (7,9 mln. AQŞ dollari) va Fransiya (3,2 mln. AQŞ dollari) şular jumlasidan. Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Respublikada taşqi savdoni qöllab-quvvatlaş hamda MDH davlatlari bilan uşbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça olib borilayotgan çora-tadbirlarga qaramay, 2020 yilning yanvar-iyul oylarida, taşqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining uluşi 32,6 foizni taşkil etib, taşqi savdo aylanmasidagi 2018 yilga nisbatan uluşi 5,9 foizga kamaygan.












