Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qöriqlaş boş boşqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Belgilanişiça, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qöriqlaş boş boşqarmasi mustaqil tarkibiy bölinma hisoblanib, öz vakolatlari doirasida davlat, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini qöriqlaş böyiça vazifa va funksiyalarni, körsatilayotgan qöriqlaş xizmatlari uçun kelib tuşayotgan mablağlar hisobiga, özini mablağ bilan ta'minlaş, xarajatlarini qoplaş va mustaqil xöjalik yuritiş tamoyili asosida amalga oşiradi.
Qöriqlaş boş boşqarmasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:
qöriqlaş faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş;
davlat, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini qöriqlaş;
texnik qöriqlaş vositalarini qöllaş va obektlar xavfsizligini ta'minlaş tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etiş sohasida yagona texnik siyosatni amalga oşiriş;
ommaviy tadbirlar va aholi gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta'minlaşda iştirok etiş va bunda huquq-tartibot organlariga kömaklaşiş;
yuridik şaxslarga tegişli idoraviy qöriqlaş bölinmalarida inspektorlik tekşiruvlari ötkaziş (huquq-tartibot organlari va harbiylaştirilgan tuzilmalardan taşqari), obektlarda içki, ruxsat beriş rejimlariga rioya etilişiga doir tadbirlarni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş.












