Urgut tumani boş imom xatibi noibi Husniddin Ibragimovning ma'lum qilişiça, uşbu masjid xonaqohi 55x45 metr ölçamda qurilgan bölib, xonaqohning ikki çetida 18x45 metr ölçamda ayvon ham tuşgan. Masjid xonaqohi örtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid çetida joylaşgan törtta minoraning har biri 40 metrdan balandroq.

Masjidda bir vaqtning özida 10 mingga yaqin odam siğişi mumkin. Masjid hovlisida namozxonlar uçun barça şaroitlar muhayyo qilingan zamonaviy tahoratxona hamda xodimlar uçun ikki qavatli ma'muriy bino qurilgan. Atrof obodonlaştirilib, manzarali daraxtlar va gullar ekilgan.

«Uşbu masjid Urgut xalqiga ajoyib tuhfa böldi. Bugun masjidda sönggi pardozlaş işlari bajarilmoqda. Musulmonlar idorasi va Diniy qömita bilan maslahatlaşgan holda, ularning ruxsati bilan masjidning oçiliş marosimini ötkazamiz. Masjidga hali nom berilmagan. Maslahatlaşib, unga nom qöyiladi», deydi Husniddin Ibragimov domla.

Ma'lumot uçun, Urgutda qurilgan bu masjid Samarqand viloyatidagi eng katta masjid böladi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi