11 oktabr kuni bölib ötadigan Tojikiston prezidenti saylovi uçun mamlakat sotsialistik partiyasi yetakçisi uçinçi bor öz nomzodini ilgari surdi. Bu haqda 22 avgust kuni poytaxt Duşanbe şahrida bölib ötgan Tojikiston Sotsialistik partiyasi (TSP)ning saylovoldi qurultoyida ma'lum qilingan, deb xabar beradi Asia Plus.

Partiya öz yetakçisi, mamlakat parlamenti deputati Abduhalim Ğafforovni Tojikiston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surgan.

Qurultoyda çiqiş qilar ekan, Ğafforov partiya özining 24 yillik mavjudligi mobaynida respublikada sodir bölayotgan barça siyosiy jarayonlarda iştirok etganini ta'kidlab ötdi.

TSPning saylovoldi dasturida davlat tuzilmalari, soğliqni saqlaş, davlat mulkini xususiylaştiriş, madaniyat va ta'lim sohalariga kadrlar tanlovi eng muhim masalalardan biri sifatida belgilab olingan.

TSPga 1996 yilda Tojikiston parlamentining sobiq spikeri Safarali Kenjayev tomonidan asos solingan edi. U 1998 yilda öldirib ketilgan.

Abduhalim Ğafforovning nomzodi 2006 va 2013 yilgi saylovlar mobaynida ham ilgari surilgan edi. Öşanda u elektoratning 2,8 va 1,5 foiz ovozini töplaşga muvaffaq bölgan.

Eslatib ötamiz, Tojikiston prezidentligiga navbatdagi saylov şu yil 11 oktabr sanasida bölib ötadi. Prezident 7 yilga saylanadi.