Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan quyoş kollektorining issiqlik qabul qiluvçi panelini tayyorlaş usuli işlab çiqildi.
FA xabariga köra, uşbu usul geliotexnika, quyoş energiyasi vositasida suv isitiş va fuqarolik, sanoat binolari hamda kommunal-maişiy obektlarining issiqlik ta'minotida foydalanişga möljallangan.
Issiqlik qabul qiluvçi element issiqlik taşuvçi uçun issiqlik tarqatadigan gidravlik kanallar hamda qizdirilgan materialni şakl hosil qiluvçi matritsa orqali bosib çiqariş yöli bilan butun profil körinişidagi bitta materialdan qilingan qirralarda joylaştirilgan qulflar bilan tayyorlanadi.

Şakl hosil qiluvçi matritsaning çiqariş tirqişi issiqlik qabul qiluvçi element yuzasini taram-taram çiziqli qilib yasaş imkoniyati bilan bajariladi va köndalang kesimda çözinçoq ellipslar şaklidagi issiqlik tarqatadigan kanallarga ega qutisimon şakldagi kasseta körinişidagi issiqlik qabul qiluvçi element hosil qilib, çözinçoq ellips şaklidagi köndalang kesimli sterjen-börtiklar bilan yopib qöyiladi. Şundan keyin issiqlik qabul qiluvçi element ustiga elektr kimyoviy anodlaş usuli bilan alyuminiy oksididan selektiv qoplama surtiladi va qulflar vositasida issiqlik qabul qiluvçi elementlarni bir-biriga bir tekislikda ketma-ket biriktiriş bilan issiqlik qabul qiluvçi panel yiğiladi.
Issiqlik uzatiş kanallari bir tekis issiqlik qabul qiliş panelining butun kesişmasida teng ravişda taqsimlanib, issiqlik almaşinuvi yuzasini ta'minlaydi. Panel ekstruziya qurilmasida ekstruziya usuli orqali qattiq metall profildan (alyuminiy qotişmasidan) tayyorlanadi, bu yerda 500 darajagaça qizdirilgan alyuminiy qotişma 100 dan 2000 tonnagaça taşqi kuçlar va unga ta'sir qiluvçi harorat ta'sirida plastik deformatsiyalanadigan şakllantiruvçi matritsa orqali siqiladi.
Uşbu işlanma oddiyligi, katta issiqlik almaşinuvi yuzasi bölgan tekis issiqlik almaşiniş panelining yuqori samaradorligi, nisbatan arzonligi bilan afzaldir.
Ekstruziya yordamida modernizatsiya qilingan yassi nurni yutuvçi paneli payvandlaşsiz, çoklarsiz bölib, yuqori çidamlilik ta'minlanadi.












