Xitoyning Maike Metals International savdo uyi asosçisi Xe Szinbi firibgarlik va boşqa jinoyatlarga oid iş böyiça umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşlarining sözlariga köra, Sian şahri sudi sentabr oyida Maike kompaniyasi rahbarini şartnomaviy firibgarlik, poraxörlik va boşqa jinoyatlarda aybdor deb topib, hukm çiqargan. Bloomberg manbalarining taʼkidlaşiça, sud kompaniyaning xatti-harakatlari Xitoyning bir neçta bankiga 1 milliard dollardan ortiq zarar köriş xavfini tuğdirganini aniqlagan.

61 yoşli tadbirkor hukm ustidan şikoyat kiritgan. Sud qarorining özi eʼlon qilinmagan.

Sud jarayonida himoya tomoni tadbirkor ham, uning kompaniyasi ham firibgarlik qiliş niyatida bölmaganini qatʼiy taʼkidlagan. Bloomberg xabariga köra, advokatlar Maike ön yildan ortiq vaqt mobaynida banklar bilan hamkorlik qilib kelganini hamda pandemiya çeklovlari tufayli pul oqimlari yomonlaşgandan keyin ham majburiyatlarini bajarişga intilib, kreditlarni muntazam ravişda söndirib borganini körsatib ötişgan. Himoya tomonining talqiniga köra, bank yöqotişlarining heç bölmaganda bir qismi kreditorlarning özidagi xavf-xatarlarni boşqariş içki tizimlarining kamçiliklari bilan boğliq bölgan.

Xe Szinbi 1993-yilda Sian şahrida döstlari bilan birga 50 ming yuan - öşa paytdagi kurs böyiça taxminan 8,7 ming dollar miqdorida kredit olib, Maike kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya işni mexanik va elektrotexnika mahsulotlari savdosidan boşlab, keyinçalik metallolom, mis simlar va tozalangan mis savdosiga ötgan. Bloomberg naşrining taʼkidlaşiça, kompaniya öz rivojlanişining eng yuqori çöqqisida Xitoy mis importining törtdan bir qismini taʼminlagan.

Maike özi taşigan va omborlarda saqlagan metallni garovga qöyib kreditlar jalb qilgan, şuningdek, mehmonxonalar va biznes markazlariga sarmoya kiritgan. 2022-yilda pandemiya çeklovlari kompaniya faoliyatini izdan çiqardi, Xitoy köçmas mulk bozoridagi inqiroz esa uning investitsiyalariga zarba berdi. Bundan taşqari, mis narxining tuşib ketişi moliyaviy qiyinçiliklarni yanada kuçaytirdi.

2023-yil oktabr oyida Maike rahbarlari asosçi bilan aloqani yöqotib, uni politsiya hibsga olgan degan taxminga borişdi. Keyingi oyda kompaniya bankrotlik töğrisida ariza berdi.