Qoraqalpoğiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mas'ul xodimi Kun.uz muxbiriga saylov jarayonlari haqida ma'lumot berdi.

Unga köra, deputatlik saylovlari Qoraqalpoğistonning beşta hududida qayta ötkazilişi rejalaştirilgan:

1. Nukus şahri böyiça — 4-sonli «Ye. Alaköz» saylov okrugi;

2. Ellikqal'a tumani böyiça — 20-sonli «Sarabiy» saylov okrugi;

3. Beruniy tumani böyiça — 25-sonli «Navbahor» saylov okrugi;

4. Qönğirot tumani böyiça — 49-sonli «Qönğirot» saylov okrugi;

5. Qoraözak tumani böyiça — 63-sonli «Qoraköl» saylov okrugi.

Qoraqalpoğiston Respublikasining «Saylov töğrisida»gi Qonunining 68-moddasiga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi maxsus qaror qabul qilgan.

Ma'lumot uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida 65 nafar deputat faoliyat olib boradi. Ayni paytda kengaşda 5ta deputatlik örni böş qolmoqda.