Çexiya prezidenti Miloş Zeman qölini sindirib olgani sababli şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Zemanning matbuot kotibiga tayanib Novinky.cz naşri xabar berdi.  

Ta'kidlanişiça, voqea 25 avgust oqşomida yuz bergan. Zeman televizorda yangiliklarni körib, ular tugagandan keyin örnidan turiş vaqtida hassasi yoki qöriqçilar yordamidan foydalanmagan. Natijada u qoqilib ketib, öng qölini sindirib olgan. 

Ovçaçekning aytişiça, Zemanning hayoti xavf ostida emas. “Prezident öz oilasi va hamkasblari bilan gaplaşib turipti”, deb qöşimça qilgan Zemanning matbuot kotibi. 

Ta'kidlanişiça, Çexiya prezidenti Pragadagi markaziy harbiy gospitalga olib borilgan. Unda jarrohlik operatsiyasi ötkazilgan.    

Naşrning ma'lum qilişiça, 75 yoşli Zeman ançadan beri oyoqlarining nevropatiyasidan şikoyat qilib kelgan. Aynan şu muammo uning yiqilişiga sabab bölgan. “Prezident dasturi uning ahvoliga qarab moslaştiriladi”, deb ta'kidlab ötgan matbuot kotibi.  

Avvalroq Zeman eşitişdagi muammolar va past qon bosimidan şikoyat qilgan. 

Miloş Zeman 2013 yildan beri Çexiya prezidenti lavozimini egallab keladi. U 2018 yilda uşbu lavozimga qayta saylangan. Zeman 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boşida boş vazir sifatida faoliyat yuritgan. 2003 yildagi prezident saylovlarida muvaffaqiyatsiz iştirok etgaç, 7 yilga siyosatdan ketgan. 2010 yilda öz partiyasi raisi bölgan, biroq şu yiliyoq partiya parlamentga öta olmagani sababli uşbu lavozimni tark etgan.