Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, joriy yilning 1 avgust holatiga qiymati 36,3 million AQŞ dollariga teng bölgan 47,7 ming tonna şaftoli mevasi xorijga eksport qilindi. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 22 ming tonnaga köp.
Eksport qilingan jami şaftolining 34, 9 foizi ya'ni, 16,7 ming tonnasi Farğona viloyati hissasiga töğri kelgan. Bu borada Namangan 8,2 ming tonna, Toşkent 7,5 ming tonna va Xorazm viloyati 5,5 ming tonna mahsulot eksporti bilan keyingi örinlarni egallagan.
Ma'lumot örnida, Rossiya Federatsiyasiga 22,1 ming tonna va Qozoğistonga 20,6 ming tonna şaftoli mevasi eksport qilingan.

















