Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 516-son qarori bilan Andijon iqtisodiyot va quriliş instituti taşkil etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş Davlat inspeksiyasi xabariga köra, mazkur oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

hududning rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan xolda iqtisodiyot va quriliş sohasi böyiça amaliy könikmalarga ega bölgan, raqobatbardoş oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;

xorijiy yetakçi va nufuzli oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribasini tatbiq etiş asosida malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlarini işlab çiqiş, öquv va ilmiy-uslubiy ta'minotni takomillaştiriş va amaliyotga joriy etiş;

öquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy boğliqligini ta'minlaş maqsadida iqtisodiyot va quriliş sohasidagi taşkilotlar bilan birgalikda talabalar amaliyotini tegişli soha taşkilotlarida taşkil etiş, bitiruvçilarni iş bilan ta'minlaş böyiça maqsadli hamkorlikni yölga qöyiş;

amaliy ilmiy-tadqiqot işlarini röyobga çiqariş uçun zamonaviy öquv va ilmiy-laboratoriya bazasini şakllantiriş, uni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlaş xamda öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş;

iqtisodiyot va quriliş sohasini rivojlantirişning ilmiy-metodik vazifalarini hal etiş, xorijiy ilğor pedagogik texnologiyalarni joriy qilişga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriş va iqtidorli talaba- yoşlarning ilmiy faoliyat bilan şuğullanişini ta'minlaş;

yoşlarni milliy, vatanparvarlik va fidoyilik ğoyalariga sadoqat ruhida, ma'naviy boy, xar tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqaraş va fikrlaş xususiyatlariga ega bölgan şaxs etib tarbiyalaş;

xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalarining malakali mutaxassislarini keng jalb etiş orqali respublika uçun istiqbolli bölgan yangi bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça qöşma ta'lim dasturlarini yölga qöyiş hamda xalqaro loyihalarni amalga oşiriş.

Belgilanişiça:

Institut Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;