Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2020 yil 26 avgust kuni bölib ötgan navbatdagi majlisida “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Parlament saytida yozilişiça, deputatlar bu borada olib borilgan örganişlar natijalariga ham töxtalib ötişdi. Örganişlarga köra, dehqon xöjaliklari faoliyati yetarli darajada tartibga solinmagan, ularning soni va ajratilgan yerlarning hisobini yuritiş hamon yölga qöyilmagan hamda dehqon xöjaliklari töğrisidagi ma'lumotlar turliça yuritilmoqda. Yana bir jihat ham borki, u ham bölsa, aholi sonining oşib borayotganligi hisobiga bir kişiga töğri keladigan yer uluşining tobora kamayib borayotganligidir.

Qonun loyihasida şu kabi muammoli masalalarga jiddiy yondaşilgan. Uning asosiy maqsadi — dehqon xöjaligini taşkil etiş, faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaş, şuningdek, dehqon xöjaliklarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişga qaratilgan.

Parlament a'zolarining qayd etişiça, loyihada dehqon xöjaliklariga töğridan-töğri yer uçastkasini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi bilan beriş amaliyoti örniga bundan keyin yer uçastkasini ijara asosida beriş tizimini joriy etiş nazarda tutilmoqda. Boğdorçilik va uzumçilikka ijara muddatini — 50 yil, sabzavotçilik va polizçilikka — 30 yil qilib belgilaş, dehqon xöjaligiga bundan keyin ijaraga beriladigan yerning minimal maydonini belgilagan xolda maksimal maydonini köpaytiriş (0,06 gektardan 1 gektargaça), dehqon xöjaligining daromadlari soliq solinadigan baza hisoblanmasligi kabilar ham loyihada belgilanmoqda.

Qonun loyihasi qabul qilinsa, xalq vakillarining fikriça, bu bilan yer uçastkalari noqonuniy yoki turli bahonalar bilan olib qöyilişining oldi olinib, yerga bölgan huquq kafolatlari yanada kuçaytiriladi. Şuningdek, fermerlarning asosiy ekindan böşagan yer maydonlarida bir yoki bir neçta mavsumda ijara asosida dehqon xöjaligi bilan şuğullanişga ruxsat berilişi vaqtinça böş turgan yerlardan samarali foydalanişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.