Joriy yilning 26 avgust kuni soat soat 01:00 larda Farğona viloyati Marğilon şahar Xiyobon köçasidan ötgan köprik ustida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, 1998 yilda tuğilgan A.R. “Kobalt” rusumli avtomobil tezligini me'yoridan oşirgan holda boşqarib ketayotib, yölning xavfli buriliş joyida rul boşqaruvini yöqotib, ajratib turuvçi bordyur ustidan harakatlanib ötib, qarşisidan kelayotgan haydovçi, 1986 yilda tuğilgan Ş.A. boşqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil bilan töqnaşgan.

Natijada, “Kobalt” rusumli avtomobil haydovçisi, 22 yoşli A.R. voqea joyida va yölovçisi, 22 yoşli M.Ğ. şifoxonada vafot etişgan. “Spark” rusumli avtomobil haydovçisi, 34 yoşli Ş.A., yölovçilari 46 yoşli X.M. va 30 yoşli A.O. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan 26 avgust kuni Marğilon şahar IIB huzuridagi TB tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barça yöl harakati qatnaşçilaridan yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qilişlarini, özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.