Jahon banki ma'lumotlarni yiğiş va qayta işlaş böyiça tekşiruv ötkazmoqçi. Bunga ilgari e'lon qilingan hisobotlarda ma'lumotlarning özgartirilişi bilan boğliq nuqsonlar sabab bölgan. Taşkilot aynan qanday nuqsonlar aniqlangani töğrisida ma'lumot bermadi.
Qayd etilişiça, oxirgi beş yil davomidagi hisobotlardagi ma'lumotlar tekşiruvdan ötkaziladi, tekşiruvni Jahon bankining içki audit guruhi olib boradi.
«Biz olingan natijalar asosida harakat qilamiz va xatolardan eng köp jabrlangan mamlakatlarga oid ma'lumotlarni retrospektiv ravişda töğrilaymiz», — deyiladi bank tomonidan.
Jahon banki 2002 yildan buyon har yili Doing Business reytingini tuzadi. Reyting dunyoning turli davlatlarida biznes yuritiş qulayligini baholovçi körsatkiçlarni tahlil qiladi. Tahlillar biznes boşlaş, quriliş uçun ruxsat oliş, mol-mulkni röyxatga oliş, kredit oliş, elektr ta'minotiga ulaniş, soliq, xalqaro savdo, şartnomalarning bajarilişi va tölovga qodir bölmaslik kabi yönalişlarni öz içiga oladi.
Jahon banki uşbu indeks natijalarini sönggi bor 2019 yil yakunlari böyiça joriy yilning yanvar oyi boşida e'lon qildi. Unga köra, Özbekiston 2019 yil yakunlari böyiça 100 baldan 69,9 ball töplab, 190 mamlakat orasida 69-örinni egalladi. 2018 yilgi reytingga nisbatan mamlakat 76-örindan 7 poğona yuqoriga kötarildi.









