Hozirça röyxat dastlabki xususiyatga ega. Da'vogarlarning yakuniy varianti dekabr oyida şakllantiriladi. Masalan, unga taqdimot marosimi sentyabrda ötkaziladigan Mercedes-Benz S-Class modeli ham kiritilişi mumkin.

Hozirgi röyxatdan 5ta nemis avtomobili joy olgan: Audi A3, BMW 2-Series Gean Coupe, BMW 4-Series, Mercedes-Benz GLA va Volkswagen ID.4.

Janubiy Koreyadan 7ta avtomobil kiritilgan: Genesis G80, Hyundai Elantra/Avante, Hyundai i10/Grand i10, Hyundai i20, Kia K5/Optima, Kia Sonet va Kia Sorento. 

Yaponiyadan 8ta avtomobil kiritilgan: Honda Jazz/Fit, Honda-e, Mazda MX-30, Nissan Rogue/X-Trail va 4ta Toyota: Highlander, Sienna, Venza/Harrier, şuningdek, Yaris/Yaris Cross. 

Röyxatda 1ta amerikalik avtomobil bor: Ford Escape / Kuga. Şuningdek, Fransiyadan Citroen C4/e-C4, Ispaniyadan Seat Leon va Çexiyadan Skoda Octavia ham da'vogarlar orasida bor.

Ğolibni 29 mamlakatning 90 nafar jurnalisti aniqlab beradi. Uning nomi 2021 yildagi Nyu-York avtosalonida e'lon qilinadi.

Qayd qiliş joizki, 2020 yilda Janubiy Koreyaning faqat AQŞ bozori uçun işlab çiqarilgan Kia Telluride avtomobili ğoliblikni qölga kiritgan edi.

Bu yilgi röyxatda ham şunday avtomobillar bor. Jumladan, Kia Sonet faqat Hindiston bozori uçun, Toyota Harrier esa faqat Yaponiya, AQŞ va Kanada bozorlari uçun möljallangan.