QQS salbiy farq summasini qoplaş, şu jumladan, boşqa soliqlar böyiça qarzdorlikni uziş hisobiga qoplaş Soliq kodeksiga va uşbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oşiriladi.
 
Norma’ning yozişiça, ortiqça tölangan yoki undan ortiqça undirilgan soliq summasini qaytarişga hamda çet davlat fuqarolariga soliq summasi örnini qoplaşga (tax free) nisbatan uşbu Nizom qoidalari tatbiq etilmaydi.
 
Nizomda qoplanişi lozim bölgan soliq summasi deganda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilişga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab çiqarilgan QQS summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) böyiça hisobga olinadigan QQS summasi örtasidagi salbiy farq tuşuniladi.
 
Bunda xorijiy davlatlarning Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglaştirilgan taşkilotlari, şuningdek, mahsulot taqsimotiga oid bitim iştirokçilari uçun respublika hududida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) böyiça yetkazib beruvçilarga tovarlar (xizmatlar) qiymatida tölangan QQS summasi tuşuniladi.
 
QQS summasi örnini qoplaş masalasi soliq tölovçi hisobga olingan joydagi davlat soliq boşqarmasi tomonidan, yirik soliq tölovçilar böyiça esa - yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan körib çiqiladi va qaror qabul qilinadi.
 
Soliq kodeksiga muvofiq QQS summasini örnini qoplaş soliq tölovçining arizasiga asosan soliq organlari tomonidan kameral tekşiruv ötkazilgandan keyin amalga oşiriladi. Kameral soliq tekşiruvi natijalariga köra soliq organi tomonidan qaytarilişi bayon etilgan QQS summasi örnini töliq yoki qisman qoplaş töğrisida qaror qabul qilinsa, körsatilgan summa soliq tölovçiga ariza taqdim etilgan kundan e'tiboran 60 kundan keçiktirmay qaytariladi.
 
Quyidagi soliq tölovçilar uçun soliq summasi örnini tezlaştirilgan tarzda qoplaş tartibi imkoniyati mavjud:

  • yirik soliq tölovçilar;
  • bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov şartnomasini imzolagan soliq tölovçilar;
  • eksportni amalga oşiruvçi şaxslar;
  • xorijiy davlat diplomatik va unga tenglaştirilgan vakolatxonalar;