Özbekistonda “Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazi”ni taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda 28 avgust kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi va Energetika vazirligi mutaxassislari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda ma'lum qilindi. Aytilişiça, markaz respublikadagi ilmiy va oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlarini birlaştiriş, tadqiqotlar olib boriş, horijiy ilğor ilmiy markazlar bilan hamkorlik qiliş uçun muhim baza bölib xizmat qiladi. Tadbirda Energetika vazirligi energiya samaradorligi va resurslarni tejaş departamenti direktori Muzaffar Hakimov mamlakatning bugungi kundagi energetika salohiyatiga töxtalib ötdi.

“Özbekiston energiya samaradorligi böyiça dunyoda 147 davlat orasida 74-örinda turadi. Respublika iqtisodiyoti tabiiy gazga boğlanib qolgan. 90 foiz miqdordagi elektr energiyasi gaz va kömir yoqiş hisobiga olinadi. Bu sanoqli davlatlarda bölgan yomon körsatkiç. Vodorod böyiça biznikidek salohiyat boşqa davlatlarda yöq. Hamkorlikda şu sohani rivojlantiriş zarur. Çunki yaqin 50 yil içida quvurlar orqali metan gazi emas, vodorod gazini yoqsak kerak. Şunaqa prognozlarimiz bor”,-dedi Muzaffar Hakimov.

Muzaffar Hakimov

Ma'lumotlarga qaraganda markaz materialşunoslik instituti tarkibida taşkil etiladi. «Vodorod energetikasi» ilmiy laboratoriyasi maxsus uskunalar bilan jihozlanadi, vodorod oliş, saqlaş va foydalaniş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Markazni taşkil etiş uçun boşlanğiç bosiqiçda 8 mlrd söm mablağ ajratiş közda tutilgan. Muloqotda Fanlar Akademiyasi Materialşunoslik instituti direktori Odilxöja Parpiyev ham ilmiy mulohazalarini bildirib ötdi. Uning sözlariga köra, gaz va kömir yoqişdan köra vodoroddan foydalaniş bir neça baravar köp moliyaviy foyda keltiradi.

“Birinçidan, vodorod ekologik sof. Ikkinçidan, tabiatda köp uçraydi. Uning energetik xususiyatlari biz işlatayotgan kömir, gaz kabi energiya taşuvçilardan 3-4 baravar köproq. Lekin vodorodni oliş jarayoni ança muşkul. Buning uçun yuqori harorat talab qilinadi. Masalan, vodorodni ajratib olişda asosan ikkita yönalişdan foyladalaniladi. Birinçisi, metan gazidan, ikkinçisi suvdan. Metan gazdan vodorodni ajratib oliş uçun 1200 darajadan yuqori harorat kerak. Suvdan ajratiş uçun esa 1600. Ya'ni bunday yuqori haroratga erişiş uçun yana gaz yoqiş kerak, kömir, elektr yoqiş kerak. Natijada 1 birlik vodorod oliş uçun 4 birlik energiya sarflanyapti. Bu juda qimmat bölib ketadi. Şu bois, biz yangi texnologiyamizni taklif qilyapmiz. Mazkur jarayonda quyoş nurini mujassamlaştirgan holda aynan şunday haroratga erişa olamiz”,-dedi Odilxöja Parpiyev.