Ilgari bu köça örtasidagi maydon beton devor bilan öralgani sababli yöl juda ham tor edi. Yunusobod metro yönalişining davomi qurilişi natijasida bu joy oçildi. Ahmad Doniş köçasining Amir Temur köçasidan Toşkent halqa avtomobil yöligaça bölgan 2,2 km qismi 6 qatorli qilib qayta qurildi. 4 qatorli mavjud yöl rekonstruksiya qilindi. Piyodalar va velosiped yölakçalari, maysazorlar taşkil etildi. Energiya tejamkor yoritiş moslamalari örnatildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, yana bir muhim jihati – Ahmad Doniş köçasi örtasidagi yaşil hudud va köça böylaridagi daraxtlar saqlab qolindi. 1850 ta manzarali daraxt köçati ekildi.

- Yöl qurilişiga qöşimça pul berib, zamonaviy texnikalar olingani bugun natijasini beryapti. Bu esa odamlarga manfaat, sifat keltirişi kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Çorrahalarda yöl 92 metrgaça kengaytirilgan. Transport vositalari öng tarafga töxtovsiz harakatlanişi közda tutilgan. Bu Ahmad Doniş, Amir Temur, Boğişamol kabi köplab köçalardagi tirbandlikni kamaytiradi. Toşkent va Qibray tumanlari aholisining poytaxt markaziga yetib boriş vaqti 2 barobar qisqaradi. Uşbu yangi trassada bir kunda 60 mingtagaça transport vositasi harakatlanişi mumkin.

Davlat rahbari bu yerda mutasaddilarga yölsozlik sifati va kölamini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.

- Odamlarimiz ham, mehmonlar ham yölga qarab davlatga baho beradi. Yöllar yaxşi bölsa, xalqimiz rozi böladi. Şuning uçun bunday sifatli yöllarni hududlarda ham quriş, qişloq yöllarini ham özgartiriş kerak, - dedi prezident.

Şu yerda Yunusobod tumani aholisi vakillari bilan samimiy muloqot bölib ötdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, Toşkentning Farğona yöli köçasida amalga oşirilayotgan ta'mirlaş va obodonlaştiriş işlarini ham borib kördi.

Turkiyaning Kalyon şirkati bilan hamkorlikda işlab çiqilgan loyihaga asosan, 8 qatorli yangi avtomobil yöli quriş, 2 qatorli mavjud yölni rekonstruksiya qiliş, energiya tejamkor yoritiş moslamalari örnatib, piyodalar va velosiped yölakçalari, maysazorlar taşkil etiş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari bir kilometr yöl qurişga yurtimiz va xorijda ketadigan mablağ hamda materiallar qatlamini tahlil qiliş asosida yöl industriyasini takomillaştiriş böyiça körsatmalar berdi. Avtomagistrallar bilan birga içki yöllarga ham alohida e'tibor qaratiş zarurligi ta'kidlandi.