Xitoyning Uhan şahri mahalliy hukumati şahardagi 2842ta öquv muassasasi 1,4 million nafar öquvçi uçun öz eşiklarini oçişini e'lon qildi. Uhan universiteti esa duşanba kuni qaytadan oçildi.
Şuningdek, xavf darajasi özgargan taqdirda, favqulodda onlayn ta'limga qaytiş rejasi işlab çiqilgan. Maktab öquvçilariga niqob taqiş, iloji bölsa jamoat transportidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Maktablar zarur bölmagan ommaviy yiğilişlarni çeklaşi va soğliqni saqlaş taşkilotlariga kundalik hisobotlarni taqdim etişi kerak.
Epidemiyaning boşlaniş öçoği deya taxmin qilinayotgan Uhan şahri yanvar oyi oxirida ikki oydan köproq muddatga yopilgan edi. Şaharda koronavirusdan 3869 kişi vafot etdi.
Uhanda 18 maydan beri koronavirusning yangi mahalliy yuqiş holatlari qayd etilmagan.












