Farğona viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Odiljon Umarov boşqa işga ötayotganligi sababli vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Husan Mamajonov

Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruğiga asosan Husan Mamajonov viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Husan Mamajonov mazkur tayinlovga qadar Farğona şahar tibbiyot birlaşmasi boşliği lavozimida faoliyat körsatib kelgan.

52 yoşli Husan Mamajonov 1993 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, tibbiyot tizimida turli vazifalarda işlagan. Xususan, u Farğona viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasida nazorat inspeksiyasi boşliği, şuningdek, viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi boş şifokori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Avvalroq Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Botir Isabekov lavozimidan ozod etilgandi.