Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hay'at a'zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hay'ati a'zolarining soni 7 nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hay'ati quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
1. Nazirov Atabek Anvarovich - Direktor
2. Maxkamov Tursunboy Erkinovich - Direktorning birinchi o‘rinbosari
3. Muxamedov Diyor Raufovich - Direktor o‘rinbosari
4. Djurayev A'lamjon Eshmurotovich - Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarini nazorat va investorlarni himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i
5. Egamberdiyev Sherzodjon Alisher o‘g‘li - Qonunchilikni takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i
6. Alimov Olimjon Davronovich - Emitentlar va korporativ boshqaruvni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
7. Safayev Nosir Salixovich - Yig‘ma-axborot tahlil boshqarmasi boshlig‘i.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori O.A.Nazirov zimmasiga yuklanadi.













