
Prezident har bir xalq faqat erkin va ozod bölgan taqdirdagina, öz hayoti va kelajagini mustaqil barpo etiş huquqiga ega bölişini ta'kidlagan.
«Haq berilmas, haq olinur!» deb, millat ozodligi yölida jonini fido qilgan uluğ ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham şu edi. Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boşimizdan keçirmaylik, qanday yutuq va natijalarga erişgan bölmaylik, mustaqillik ğoyasi, istiqlol ruhi bizga doimo toğdek tayanç bölmoqda.
Bugun çeksiz iftixor bilan ayta olamizki, donişmand xalqimizning uzoqni köra olişi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan barça sinovlardan munosib ötib kelmoqdamiz. Şu nuqtayi nazardan, bizning insoniy qadr-qimmatimizni, ğurur va şa'nimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatçiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni Vatanimizning şonli tarixida hamişa eng yorqin sahifa bölib qoladi.

Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida söz ketganda «Yangi Özbekiston» iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqiçiga qadam qöyganimiz, erişayotgan zalvorli yutuqlarimizning e'tirofidir.
Xalqimizning uluğvor qudrati jöş urgan hozirgi zamonda Özbekistonda yangi bir uyğoniş – Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat böladi. Çunki bugungi Özbekiston – keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas», dedi davlat rahbari.










