Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, majmuadagi ramziy qabr yonida qatağon qurbonlari ruhlariga bağişlab Qur'on tilovat qilindi. Şu yerda nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot böldi.

- Vatan fidoyilarini eslaşimiz, ularning haqiga Qur'on öqişimiz yaxşi an'ana. Ma'rifatparvar bobolarimiz mustaqillik uçun, xalqimiz emin-erkin yaşaşi uçun kuraşganini bilamiz. Oxirgi yillarda butun jamoatçiligimiz harakati bilan ularning nomlarini tiklaş, muzeylarni yangi namunalar bilan töldiriş, ijod maktablari taşkil etiş böyiça köp işlar qilinyapti. Bularning hammasi - odamlarga tarixiy adolatni, haqiqatni yetkaziş uçun, xalqimiz u kunlarni bilişi va heç qaçon unutmasligi, bugungi kunlarning qadriga yetişi uçun, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Ma'lumki, mustabid tuzum davrida minglab begunoh vatandoşlarimizning umri xazon bölgan. 1937-53 yillarda Özbekistonda 100 ming odam qatağonga uçragan. Ularning 13 ming nafari şafqatsiz otib taşlangan. Qançadan-qança oilalar xonavayron bölib, bolalar yetim qolgan. Birgina 1937-38 yillardagi katta qatağon davrida 7 mingga yaqin vatandoşimiz otilgan.

- Bu insonlar haqiqiy yetakçilar, ilğor ziyolilar, adabiyot, madaniyat namoyandalari, boşqaça aytganda, millatimizning, xalqimizning eng sara vakillari edi. Tasavvur qiling, agar ular qatağon qilinmaganida Vatanimiz rivoji uçun, ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va adabiyotimiz uçun qanday buyuk işlar qilgan bölar edi, xalqimizni oldinga boşlardi. Şu bilib turib qilingan. Bugun buni armon bilan eslaymiz, - dedi prezident.

Davlat rahbari qatağonga uçragan ana şu 100 ming odamning har biri böyiça izlaniş, joylarga çiqib, qarindoşlari bilan uçraşib, nomlarini tiklaş, qilgan işlari haqida kitoblar çop etiş, özlari yaşagan mahallalar va maktablarga nomlarini qöyib, xotirasini abadiylaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Sönggi yillarda Işoqxon öğli Ibrat, Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Çölpon, Abdulla Qodiriy singari ma'rifatparvarlar xotirasiga bağişlab muzeylar, muazzam haykallar yaratildi. Ijod maktablari bunyod etildi. Qoraqalpoğiston Respublikasida, barça viloyatlarda Qatağon qurbonlari muzeyining bölimlari oçildi. Qatağon qurbonlariga bağişlangan yangi-yangi kitoblar, filmlar, tadqiqotlar yaratilmoqda.