Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida eskirib qolgan uy-joy fondini ta'mirlaş va yangilaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan avariya holatidagi köp kvartirali uy-joy fondi xatlovdan ötkazilgan.
Köp kvartirali uy-joy fondini ta'mirlaş va yangilaşga qaratilgan quyidagilar:
2021-2022 yillarda eskirgan köp kvartirali uylarni ta'mirlaş böyiça renovatsiya dasturi;
2021-2023 yillarda avariya holatidagi köp qavatli uylar örnida bosqiçma-bosqiç yangi uy-joylar quriş böyiça renovatsiya dasturi tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi “Köp xonadonli uylar, issiqlik ta'minoti obektlarini quriş böyiça injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi Dasturlar doirasida boş loyihaçi va boş pudratçi taşkilotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.
Dasturlarni amalga oşiriş doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjet mablağlari, xalqaro moliya institutlari va boşqa xorijiy donorlarning grantlari, şuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa mablağlar moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari yer uçastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişida taqdimot materiallarini Davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarining olib qöyilişi munosabati bilan jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplaş böyiça markazlaştirilgan jamğarma kuzatuv kengaşi bilan kelişilişini ta'minlaydi.













