— Har yili bayram arafasida mustaqillik kuniga bağişlangan tadbirlar, uçraşuvlar, ijodiy keçalar, körik-tanlovlar ötkazilardi. Pandemiya sabab bu yil bunday uçraşuvlar haqida kamroq eşitdik. Boşqalarni bilmadim-u, şaxsan menda ana şu holat sezildi. Nafaqat sezildi, birozgina dilim oğridi ham.

Men şu yurtning oddiy fuqarosi sifatida mustaqillikni qançalik qadrlaşimni pandemiya sabab özim uçun kaşf qildim. Qisqargan tarğibot tadbirlari-yu, uçraşuvlar borasidagi kemtiklikni özimça töldirişga qaror qildim.

Bugun qilgan eng yaxşi işim – farzandlarimga Mustaqillik bayrami munosabati bilan sovğalar olib beriş böldi. Bu işni umrimda birinçi marta qilyapman. Endi har yili şunday qilmoqçiman. Buning ham sababi bor.

Özim bolaligim davomida bayramlar içida eng köp yangi yil bayramini kutganman. Sababi oddiy, bu kunda bayram sovğalari olardik. Keçga borib yil davomidagi eng tökin dasturxon bizni kutardi. Qarang, ana şu ikki arzimas narsa uçun şu bayramni yil davomida kutgan ekanmiz.

Nima uçun Mustaqillik bayramini kutmaganmiz? Keling, boşqaçaroq yondaşamiz. Hozir yoşim 37da. Men uçun heç qaysi bayram sovğasi qiziqmas, tökin dasturxonga ham mutlaqo huşim yöq. Ammo yangi yil keçasi yaqinlaşaversa, qandaydir entikiş his etaman iç-içimda. Bolalik xotiralarimni qömsayman.

Xöş, nima uçun kelajakda bolalarimiz Mustaqillik kunini soğinmasligi, bu kun yaqinlaşaversa, iç-içidan xursand bölmasligi kerak? Hammasi öz qölimizda va oson-ku!

Farzandlarimiz mustaqillik qanday ne'mat ekanini anglaşi uçun ular kamolotga yetişi kerak. Ammo ungaça-çi?

Agar biz, kattalar bugun Mustaqillik kunini uyda bayram qilsak, bolalarimizga sovğalar olib bersak, ularga şirinliklar ulaşsak, bolalarimiz garçi yoş bölsa-da, mustaqillik qandaydir ne'mat ekanini his eta boşlaşadi. Vaqt ötib, ulğaygan sari mustaqillik nima ekanini anglaşga harakat qilaveradi.

Xullas, biz nimani qadrlasak, ular ham şuni qadrlaşadi.

Mard bölib ayting, şu yurtning bir fuqarosi sifatida mustaqillikni qadrlay olişingizni biror-bir vosita bilan farzandingizga körsata olganmisiz? Unda hozir ayni vaqti.

Ehtimol, juda mayda taklif bildirayotgandirman, ammo ana şu arzimas işni ham qilayotganimiz yöq şu vaqtgaça.

Demoqçimanki, bugun ongga qandaydir tantana sifatida muhrlanayotan bu sana, bizdan keyingi avlod hayotida tom ma'nodagi eng yaxşi bayramga aylansin. Muhimi, ularning qalbiga eng asosiy, muhim bayram ekanligini singdiraylik.