Bugun Vatanimiz ozodlikka erişganiga, öz taqdirini özi belgilaş huquqini qölga kiritganiga 29 yil töldi.

Har qanday millat va xalq uçun eng muqaddas qadriyat, bu şubhasiz, hurriyatdir. Erkinlikning qançalar oliy ne'mat ekanini his etiş uçun bir on xayolan bölsa-da erksizlikni, qaramlikni, mutelikni tuyib köriş kifoya...

Ming şukrki, bundan 29 yil oldin xalqimiz uzoq yillar orziqib kutgan mustaqilligini, suverenitetini tantanavor e'lon qilib, öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga qadam qöydi.

Vatanimiz ötgan yillar davomida mustaqilligini har tomonlama mustahkamlab bordi, zamonaviy armiya va xavfsizlik tuzilmalari şakllantirildi, xalqaro maydonda ham öz örniga, öz söziga ega böla oldi.

Eng muhim özgariş esa xalqimiz ongida röy berdi: yillar davomida singdirilgan mustabid tuzumning soxta ğoyalariga bölgan işonç yemirildi, xalqimiz dunyoqaraşida mustaqillik tuyğusi, erk hissi çuqur ildiz otdi, butun boşli yangi avlod – istiqlol farzandlari yetişib çiqdi.

Kun.uz tahririyati bugungi eng uluğ bayram bilan eng avvalo istiqlolni oliy qadriyat deb biluvçi, xalqimiz kelajagiga befarq bölmagan barça yurtdoşlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Ilohim, tinçlik-omonlik, fayz-u baraka Özbekistonimizni heç ham tark etmasin!

Erişayotgan yutuqlarimiz bardavom, turmuşimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bölsin!