Xorvatiyalik futbolçi sobiq jamoasi bilan 4 yillik şartnoma tuzadi.

Xabar qilinişiça, 32 yoşli futbolçining transferi uçun 1,5 mln yevro töğridan töğri tölab berilgan, yana 9 million yevro bonuslar körinişida berilişi mumkin. 2 sentabr kuni klub xayrlaşuv marosimini ötkazadi.

«Barselona» Rakitiçga minnatdorçilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyat tilaydi», deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.

Rakitiç 2011 yildan 2014 yilgaça «Sevilya» safida töp surgan, ungaça esa köp yillar davomida «Şalke» va «Bazel» klublari şarafini himoya qilgan.

«Sevilya» ham Rakitiç bilan 2024 yil iyuniga qadar şartnoma tuzilgani haqida e'lon qildi.

2019/2020 yilgi mavsumda Rakitiç barça turnirlar doirasida 42 öyinda maydonga tuşib, bir gol urdi va beş golga uzatma berdi. U kataloniyaliklar klubida ötkazilgan 6 mavsumda jami 310 maydonda tuşib, 35 gol urgan va 42 golga hammualliflik qilgan.