Yaponiyaning SkyDrive kompaniyasi içida inson bölgan SD-03 uçar avtomobilini sinovdan ötkazdi. Bu haqda Associated Press agentligi yozmoqda.
Xabarda aytilişiça, maşina yuqoriga parvoz qilib, yerdan bir yarim-ikki metr balandlikda muallaq turgan. Maşina içidagi haydovçi uşbu jarayonni nazorat qilgan. Loyiha rahbari Tomoxiro Fukudzavaning aytişiça, aeromobil sohasidagi kamdan-kam kompaniyalargina bunday natijaga erişa olgan.
SD-03 hozirça 5-10 daqiqa uça oladi, ammo SkyDrive parvoz vaqtini uzaytiriş ustida işlamoqda. Agentlikning yozişiça, kelgusida kompaniya işlanmalari kiçik masofadagi aviaqatnovlar uçun muqobil tanlov bölişi mumkin.
Avvalroq Britaniyaning Bristol şahridagi Vertical Aerospace kompaniyasi 76 kilometrlik masofani yarim soatda bosib ötadigan E-Taxi havo taksisi xizmatini işga tuşiriş böyiça rejalarini ma'lum qilgandi.

















