Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi “BEVERLee Businees” faoliyatini örganmoqda. Bu haqida ÖzA Boş prokuratura matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Avvalroq, ÖzAda e'lon qilingan maqolada koronavirusning oldini oluvçi vosita sifatida taklif etilayotgan biologik faol qöşimçalar va moliyaviy piramida bilan şuğullanayotgan tadbirkorlar haqida mulohaza yuritilgandi.
BEVERLee Businees kompaniyasining şubhali faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida bir neça bora tanqidiy maqolalar e'lon qilinsa-da, tegişli organlar bu vaziyatga köz yumib kelayotgani tanqid ostiga olingan edi.
Bugun berilgan xabarga köra, uşbu maqola ortidan prokuratura organlari tomonidan tegişli suriştiruv işlari boşlab yuborilgan.










