“Töy marosimlari,bayramlardagi ehtiyotsizlik bunday köngilsizliklarga olib keldi. Pandemiya kuçaydi va davom etmoqda, har kun yangi kasallaniş holatlari ortib bormoqda. Biz birinçi tölqinning ikkinçi eng yuqori darajasini ötkazmoqdamiz. Anqara, Istanbul, Izmir, Bursa hamon yuqori xavf ostida”, deb ma'lum qilgan vazir jurnalistlarga.

Uning ta'kidlaşiça, mamlakatning şarqiy viloyatlarida – Ğaziantep, Şonliurfa, Mardin, Erzurumda köplab yangi kasallaniş holatlari qayd qilinmoqda. Vazir keltirgan ma'lumotlarga köra, Turkiyada 2 sentyabrda 15 iyundan beri eng köp kunlik kasallaniş holati qayd qilingan: sönggi sutkada 1596 nafar kişida virus aniqlangan, 45 kişi virusdan vafot etgan. Mamlakatda kasallanganlar soni 273 mingdan oşgan, vafot etganlar soni 6462 nafarga yetgan. 

Vazirning ta'kidlaşiça, hozirda Turkiyada eng köp kasallaniş holatlari poytaxt Anqarada qayd qilinmoqda. Poytaxtda kasallaniş holatlari soni Turkiyaning eng yirik şahri - Istanbuldagidan 2 marta köproqni taşkil qilmoqda. “Şu sababli biz Anqara böyiça işlamoqdamiz va çoralar körişni boşladik. Yoşi katta odamlarga turli muassasalarga kiriş taqiqlangan. Ammo hozirça komendantlik soati kiritiş kabi çoralar kun tartibida yöq”, deb ta'kidlab ötgan Xöja.