M.Pölatovaning aytişiça, u maqolasida özi yaşayotgan hudud – Karmana tumani, “Boğişamol” mahallasidagi onaxonga ehson beriş jarayoni haqida yozadi. Ehson tarqatuvçilar öz saxovatini tasvirga olmoqçi bölganida, onaxonning nafsoniyatiga tekkan. Natijada, “Menga bunaqa ehsonlaring kerak emas, bularni olişga özimning ham qurbim yetadi” deya oziq-ovqat mahsulotlarini rad qilgan. Maqolada bundan taşqari, öşa mahallada haqiqatan ham ehtiyojmand oilalar böla turib, ularga yordam berilmagani aytilgan. Bölajak jurnalist dori-darmon vositalarining asossiz kötarilib ketişi, odamlarning xöjakörsinga qilayotgan saxovatini qoralagan.

“Boğişamol” mahallasi raisi keça, 3 sentabr kuni Maqsud Pardayev va kotibasi bilan uyimizga kelib, ota-onamga "Jurnalist qiz qani?" deb kinoya qilişibdi. Öşa vaqt men çiqib qoldim. Rais "Meni taniysizmi özi" deb söradi. “Yöq, tanimiyman” dedim. Keyin "Qanaqa maqola yozganingizni bilasizmi, özingiz öqib çiqdingizmi?" dedi. "Maqolamni yoddan bilaman, hamma yozganlarimga javob beraman” dedim. Uşbu bahs ustiga kam ta'minlangan bir qöşnimiz kelib qoldi: “Nima yordam qilyapsizlar mahalla bölib" dedi u ham. Keyin baqir-çaqir kötarildi. Keyin menga rais va kotibasi “Undan köra, yutuqlarimizni yozing, maqtab yozing” dedi.
Şundan söng ular ketişdi. Bilsak, men maqolada misol keltirgan onaxonning uyiga borib, qizidan bizga mahalla har doim yordam beradi mazmunida majburiy tilxat yozdirib olibdi. Qiziği, maqolam e'lon qilingaç, onaxonning uyiga borib öqib berdim. Onaxon ham, qizi ham "Qizim, töğri yozibsiz, bu yerda heç qanday tuhmat yöq" deya, mahallaning boşqa kirdikorlarini ham gapirib bergandi. Özlarining şaroiti haqida ham yiğlab gapirdi onaxon. Lekin mahalla raisining tahdidi uçun ular qörqqanidan, özlari xohlamagan holda tilxat yozişdi.
Öşa voqeadan biroz ötib yana bir mahalladoşimiz "Xalq sizdan norozi" deb aytganida, rais "Siz norozidirsiz, xalq mendan rozi, mana, qöşningizdan sörang" deb yon qöşnimizni körsatibdi. Dadam öşa payt "Bulardan nimani söraymiz, sizning odamingiz-ku bu. Baribir sizni maqtaydi, saylanişingizda ham tarğibotingiz bilan şuğullangan" debdilar. Rais ketişidan oldin dadamga "Bu sizning odamingiz deb xato aytdingiz, hali körasiz" debdi. Öşa kuni keçqurun dadam işga tungi navbatçilik uçun ketgan edilar. Bugun ertalab, 4 sentabr kuni 9:00 lar atrofida işdan qaytayotganida, öşa yon qöşnimiz dadamga "Seni hali öldiraman, qizing mahallani yomonlab yozib çiqadigan böldimi? Keça nega meni raisning odami deding” deya bahslaşib ketgan. Öşa vaqt uydan öğli ham çiqib, birgalaşib dadamni döpposlaşgan. Dadamga "Hali qizingni Toşkentda tinç qöymayman" deb dağdağa qilişibdi. Hozir dadamning qöllari şilinib, qonagan. Yuzlari, quloqlarining oldi şilingan.











