Jumladan, Vudlend-Xillzda harorat soat 15ga kelib 47 darajagacha isigan. Bu kun 1979 yil sentyabrda qayd qilingan harorat rekordini yangilab, ushbu oy uchun tarixdagi eng issiq kun bo‘ldi.
6 sentyabrda shtatning ba'zi joylarda harorat yanada ko‘tarilishi mumkin. Jumladan, Vudlend-Xillzda 48 daraja harorat o‘rnatilishi kutilmoqda.
Oxirgi 100 yillikda Kaliforniyada joylashgan Los-Anjyeles shahrida o‘rtacha yillik harorat 5 darajaga ko‘tarilgan. Biroq shu davr ichida shtatning o‘zi uchun avgust va sentyabrdagi o‘rtacha harorat 8-9 darajaga oshgan. Mutaxassislar buni global issiqlik bilan bog‘lashmoqda.











