“Formula-1” poygalarida iştirok etuvçi Renault jamoasi keyingi mavsumdan nomini özgartirib, Alpine deb nomlanadi. Bu haqda Renault Group saytida ma'lum qilingan.

Bundan taşqari, jamoa ranglari ham özgaradi. Jamoaning hozirgi qora-sariq ranglari örnini oq va qizil elementlarga ega kök rang egallaydi. Bu Fransiya bayroğiga işora böladi.

“Alpine kuçli va yorqin brend. Fransuz mukammalligi ramzi hisoblangan Alpine’ni dunyodagi eng nufuzli avtomobil poygalarida taqdim qilib, “Formula-1”dagi kuraşni davom ettiramiz. Alpine “Formula-1”ga öz qadriyatlari – başanglik, ixtiroçilik va jasurlikni qöşadi”, deb aytgan Renault Group boş direktori Luka De Meo.

Keyingi mavsumda jamoaning poygaçilari fransuz Esteban Okon va “Formula-1”ning ikki karra çempioni Fernando Alonso böladi.

Alpine 1978 yildan beri Renault Group fransuz kompaniyasi bölimi hisoblanib, poyga va sport avtomobillari işlab çiqaradi.