Aleksey Navalniy tibbiy komadan çiqarildi, deb xabar berdi Berlindagi Charite klinikasi.

Xabarda aytilişiça, siyosatçiga ulangan  öpkaga sun'iy nafas beriş qurilmasi öçirilgan.

 Aleksey Navalniy 20 avgustdan buyon koma holatida yotgandi. U Tomskdan Moskvaga uçayotgan samolyotda huşini yöqotgandi. Samolyot favqulodda qönişni amalga oşirganidan söng siyosatçi Omskdagi kasalxonaga yotqizilgan, u öpkaga sun'iy nafas beriş qurilmasiga ulangan.

Qator tekşiruvlardan söng omsklik şifokorlar Navalniyning organizmida zahar asoratlari topilmaganini ma'lum qilişdi.

Navalniy 22 avgust kuni Berlinga olib ketildi va Charite klinikasiga yotqizildi. Klinika mutaxassislari siyosatçi ingibitor xolinesterazalar guruhiga kiruvçi toksin bilan zaharlanganini bildirişdi.