Kompaniya «Norak» suv omborini töldiriş va energiya ta'minoti bilan boğliq vaziyat yaxşilangani tufayli Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib berişni qayta tiklagan.

«Ayni paytda Afğonistonga har kuni 1,3 million kilovatt soatgaça elektr energiya uzatilmoqda. Biz imkoniyat bölişi bilanoq uşbu mamlakatga elektr energiya yetkazib beriş hajmini yana oşirişga harakat qilamiz», degan kompaniya matbuot xizmati rahbari Nozir Yodgori.

Şuningdek, «Barki Tojik» Özbekistonga elektr energiyasini yetkazib berişni qayta tiklaş masalasini ham körib çiqmoqda.

Tojikiston joriy yilning iyul oyida toğ daryolaridan yetarli miqdorda suv kelmagani va «Norak» suv omborida suv sathi kamayib ketgani tufayli elektr energiyasi eksportini töxtatgan edi. 3 sentabr kuni suv ombori töldirilgani ma'lum böldi.

«Barqi tojik» kompaniyasi ma'lumotlariga köra, joriy yilning olti oyida Afğonistonga 546,6 million kVt/soat elektr energiyasi, Özbekistonga esa 358,3 million kVt/soat elektr energiyasi eksport qilgan.

2019 yilda esa Tojikiston Afğonistonga 1 milliard 458,2 million kVt/soat (60,6 million dollar), Özbekistonga esa 1 milliard 425,1 million kVt/soat (28,5 million dollar) elektr energiyasini eksport qilingan.