Saudiya Arabistoni sudi 2018 yil oktyabrda Istanbulda öldirilgan jurnalist Jamol Qoşiqçining ölimida ayblanganlarga nisbatan yakuniy sud hukmini e'lon qildi.

Qirollik boş prokuraturasi rasmiy vakilining ma'lum qilişiça, qotillikda ayblangan sakkiz nafar şaxsning beş nafari 20 yildan, bir nafari ön yil, yana ikki nafari yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Saudiyalik taniqli jurnalist Jamol Qoşiqçi 2017 yildan AQŞda yaşagan va Washington Post gazetasida işlagan.

U Istanbuldagi konsulxonaga 2018 yil 2 oktyabrda hujjatlarni rasmiylaştirgani kelgaç, izsiz yöqolgan. Şundan keyin uning öldirilgani va buni Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon şaxsan buyurgani haqida taxminlar paydo bölgan.

20 oktyabrda Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist konsulxonada yuz bergan mojora vaqtida öldirilganini ma'lum qilgan. Dunyo hamjamiyati uşbu jinoyatni qoralab, Ar-Riyoddan u böyiça oçiq-oydin tergov ötkazişni talab qilgan. 

2020 yil may oyida Qoşiqçining oilasi uning qotillarini keçirişini ma'lum qilgan.