Ma'lumki, 2017 yilda Andijon viloyati Buloqboşi tumanidan topilgan Uçtepa gaz konida 14 quduqdan tabiiy gaz çiqayotgani haqidagi xabarlar ommaviy axborot vositalarida köp bor aytildi. «Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmati bergan xabarda mazkur yangi quduq Farğona vodiysi aholisini gaz bilan ta'minlaş imkonini kengaytirişi qayd etib ötilgandi.

Uçtepa gaz konidan qazib olinayotgan gaz qayoqqa ketayotgani haqidagi savollarga javob topiş maqsadida Farğona magistral gaz quvurlari boşqarmasi boşliği Vohidjon Isroilov bilan boğlandik.
«Bu konlardan qazib olinayotgan gaz hozirgi kunda markaziy magistral quvurlariga taşlab beriladi. Ya'ni, töğridan töğri «Öztransgaz» tarmoqlariga ötkaziladi. U yerdan Andijon viloyatiga ham taqsimlanadi. Andijon viloyati uçun gaz magistral quvurida olib kelinadi.
Xöjaobod, Qörğontepa, Jalaquduq tumanlari va Xonobod tomonlarga şartnoma asosida Uçtepadan çiqqan gaz yetkazib berilmoqda. Şuni aytib ötiş lozimki, Buloqboşidagi konlardan çiqayotgan gaz asosan şu tuman aholisiga berilyapti. Tumanda 7 ming 700ta xonadon gaz ta'minotiga qöşildi. Gazning yetmay qolgan qismini magistraldan qöşib beramiz. Çunki gaz zapravkalari va işlab çiqariş korxonalari bor, ularga ham gaz kerak. Aytaylik, aholining bir kunlik iste'moli 300 ming kubometr atrofida bölsa, Uçtepa tomondan 200 ming kubometr gaz olinadi, qolgan 100 ming kubometrini özimizdan qöşamiz.
Buloqboşidagi konlardan qazib olinadigan gaz özaro şartnoma asosida magistralga beriladi. Agar quduqlardan gaz qazib olinmasa, ularning avariyaga uçraş ehtimoli yuzaga keladi, gaz beriş quvvati pasayib ketadi. Ayni paytda Farğona vodiysi uçun bir kunda 17 million kubometr atrofida gaz qabul qilib olinmoqda. Bu körsatkiç har kuni har xil. Masalan, soatiga 790-800 yoki 630 ming kubometr bölişi mumkin. Agar soatiga 600 mingni taşkil etsa, sutkasiga 14 million kubometr atrofida gaz böladi. Şuningdek, qişda qiynalib qolmaslik va aholini uzluksiz gaz bilan ta'minlaş uçun bir kunda 2,5 million kubometr atrofidagi gaz Xöjaobod omboriga zaxiralanadi», deydi Vohidjon Isroilov.

Xullas, qişning qirovli kunlari yaqin. Vodiy aholisi esa doimgidek tabiiy gaz ta'minoti yaxşilanişidan umidvor bölib yaşamoqda.

















