Bu haqida Mirobod tumani boş inspektori Davron Nosirov Quriliş vazirligida ötkazilgan respublika öquv-amaliy seminarida Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Uning aytişiça, quriliş tizimida elektron dasturning işga tuşirilişi işning yanada unumli bölişini ta'minlaydi. Qoğozbozlik hamda korrupsiyaning oldi olinadi.
Şu maqsadda “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimidagi “Qurilişdagi nazorat” quyi tizimdan foydalanişni örganiş va hududlarda uşbu tizimni 2020 yil yakunigaça töliq amaliyotga tatbiq etiş maqsadida haftalik seminar ötkazilmoqda.

Seminarda hududlardan kelgan inspektorlar Toşkent şahri hududiy inspeksiyasi inspektorlari bilan birgalikda 6 kun mobaynida Toşkent şahridagi quriliş obektlarida tizimdan foydalaniş amaliyotini ötkazişadi. Inspeksiya tomonidan nazorat işlariga 25 nafar inspektor jalb etilgan.

Buyurtmaçilar bilan işlaş bölimi hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş böyiça mutaxassislar vazirlik binosida 6 kun mobaynida tizimga röyxatdan ötgan obektlarni kiritiş, buyurtmaçilarning texnik nazorati, loyihaçilarning mualliflik nazorati va pudratçilarning içki nazorati, xodimlarga şaxsiy kabinet oçiş amaliyotlarini örganadi. Tizimdan foydalaniş amaliyoti oktabr oyi yakuniga qadar hududiy nazorat inspeksiyalarida tatbiq etiladi.

Eslatib ötamiz, Quriliş vazirligi faoliyatiga “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimini joriy etiş davlat rahbarining “Quriliş sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan.











