Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti raisi Mohistara Muhammadyunusova parlament a'zolari respublikada alohida kitobxonlik kunini belgilaş taklifini işlab çiqilayotganini bildirdi.

«Aholi va yoşlar orasida kitobga bölgan hurmatni, kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida Özbekistonda 15 aprelni kitobxonlik kuni sifatida belgilaş Yoşlar parlamenti a'zolari tomonidan ilgari surilmoqda. Bunda tuman/şahar, mahallalar miqyosida kitobxonlik tadbirlarini ötkaziş, yoşlar orasida kitob bilan boğliq çellenjlar ötkaziş nazarda tutiladi.

Taklif böyiça normativ hujjat loyihasi işlab çiqilib, Senatga taqdim etiladi», dedi Muhammadyunusova Senat qömitalarining 8 sentyabrdagi yiğilişida.

Şuningdek, imkoniyati çeklangan yoşlarning ta'lim olişida imtiyozlarni kengaytiriş taklifi ham ilgari surildi.

«Respublika böyiça 312ta musiqa va san'at maktabi faoliyat olib boradi. Ularda 325 nafar nogironligi mavjud öquvçi tahsil olmoqda. Musiqa va san'at sohasida tahsil olişni istovçi imkoniyati çeklangan yoşlarning bu maktablarga imtiyozli ravişda qabul qilinişini belgilaşni söragan bölardik», deya Yoşlar parlamenti raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.