AQŞning zargarlik buyumlari işlab çiqaruvçi Tiffany kompaniyasi Yevropaning eng badavlat odami Bernar Arnoga tegişli Louis Vuitton Moet Hennessy (LVMH) kompaniyasi bilan sudlaşmoqçi. Tiffany’da ta'kidlanişiça, mojaroga sabab LVMH AQŞ brendini 16 mlrd dollardan köproqqa sotib oliş böyiça bitimni yopişdan boş tortgani hisoblanadi.

LVMH’ning bu qarori haqida 9 sentyabrda ma'lum bölgan. Kompaniya öz bayonotida 2019 yilda tuzilgan bitim 2020 yil 24 noyabrdan keç muddatda yopilmasligi kerakligini ma'lum qilgan. Biroq Fransiya hukumati AQŞ bilan savdo uruşi ehtimoli yuz berişi mumkinligi sababli bitimni 2021 yil 6 yanvargaça qoldirib turişni itimos qilgan. Tiffany esa bitim yopilişini 31 dekabrga köçirişni söragan. LVMH’da esa yuzaga kelgan şaroitda birlaşiş böyiça bitimni yakunlay olmasliklari ma'lum qilingan.

Tiffany’ning AQŞning Delaver ştati sudiga bergan şikoyatida brend LVMH tomonidan kelişuv şartlari bajarilişini talab qilmoqda. AQŞ kompaniyasida ta'kidlanişiça, birlaşiş yakunlanişiga 3 oydan kamroq vaqt qolgan bölsa-da, fransuz konserni hanuzgaça monopoliyaga qarşi idoralarga birlaşiş haqidagi bitimni ma'qullaş uçun rasmiy ariza topşirmagan. Financial Times naşri manbalariga köra, Tiffany LVMH narxni tuşiriş uçun ataylab bitim yakunlanişini töxtatganini isbotlamoqçi.

Yirik bitim barbod bölgani haqidagi xabarlar ortida Tiffany aksiyalari narxi 8 foizga tuşib ketgan.