Android 11 foydalanuvçilar örtasida xabarlar almaşiş, maxfiylik masalalari va gadjetlarni boşqariş ustidan nazorat bilan boğliq bir qator yangilanmalarni öz içiga olgan.
Ma'lum qilinişiça, kompaniyada maxfiylik sozlanmalari qayta işlangan. Jumladan, foydalanuvçi qanday dasturlar kamera, mikrofon, qurilmaning qayerdaligini körsatuvçi funksiyadan foydalana olişini sozlaşi mumkin. Agar foydalanuvçi biror dasturni uzoq vaqt oçmasa, unda ruxsat beriş sozlanmalari bekor qilinadi. Aqlli qurilmalarni boşqariş imkoniyati alohida menyuga çiqarilgan.
TechCrunch naşri jurlanistlarining ma'lum qilişiça, yangi operatsion tizimni birinçi navbatda Google Pixel, OnePlus, Xiaomi, Oppo va Realme seriyasidagi smartfonlarga yuklaş mumkin böladi. Keyinroq Android 11’ni oxirgi yillarda çiqqan deyarli barça smartfonlarda yuklaş imkoniyati paydo böladi.












