“Men prezident sifatida ikkinçi muddatga nomzodimni qöyişga qaror qildim, çunki prezident lavozimida işimni davom ettirişimni va öz siyosatimni oxirigaça yetkazişimni istayotgan fuqarolar tomonidan qöllab-quvvatlanişimga işonaman. Buni men ham istamoqdaman – ikkinçi prezidentlik muddati vaqtida birinçisida boşlagan işlarimni davom ettirmoqçiman”, deb ta'kidlab ötgan Dodon.
Moldova prezidentining ta'kidlaşiça, u uçun birinçi prezidentlik muddati oğir keçdi. “Dastlabki bosqiçda Plaxotnyukning oligarxça tuzumiga duç keldik va uni töntara oldik. Söngra koronavirus pandemiyasi, qurğoqçilik, köplab iqtisodiy agentlar faoliyatining töxtaşi yuz berdi”, deb yozgan Dodon feysbukda.
Dodonning fikriça, Moldova prezidenti mamlakatning taşqi siyosatida ham muvozanatni uşlay oladigan odam bölişi kerak. “Moldovaga milliy qadriyatlarni hurmat qiluvçi, moldovança urf-odatlar va nasroniy diniga amal qiluvçi, taşqi siyosatda esa ham Rossiya, ham Ğarb bilan yaxşi munosabatlarni qöllab-quvvatlay oladigan vatanparvar yetakçi boşçilik qilişi kerak”, deb ta'kidlab ötgan Moldova rahbari.
Igor Dodon 2016 yil dekabrda Moldova prezidenti etib saylangan. Bungaça u Moldova iqtisodiyot va savdo vaziri, boş vazir birinçi örinbosari lavozimlarini egallagan.












