
Bu haqda maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Toza içimlik suvi bilan ta'minlaş – MTTlar oçilişi uçun belgilangan alohida talablardan biri. Yaqinda boş vazir boşçiligida ötkazilgan videoselektorda ham içimlik suvi muammosi vazirlikning özi tomonidan ham kötarib çiqilgan. Sababi bu muammo – tizimning oğriqli nuqtalaridan biri. 939ta MTTda içimlik suvi yetkazib beriş va uni saqlaş muammosi bor. Hozir bu muammo ustida işlanmoqda.
Lekin agar MTTlarda 5 kunlik içimlik suvi zaxirasi bölmasa, ularning faoliyat boşlaşiga ruxsat berilmaydi», –dedi Agrippina Şin 10 sentyabrdagi matbuot anjumanida.

Vazirlik boşqarma boşliği Umida Muhiddinova boğçalarning kiriş qismlarida dezinfeksion yölaklar örnatilmasligini aytib ötdi.
«Pandemiya şaroitida MTTlar faoliyat yuritişi uçun sanitariya-epidemiologiya normalari işlab çiqilgan. Unga köra, MTTlarning kiriş qismida xlorli töşaklardan foydalaniladi. Ular orqali bolalar oyoq kiyimlarini tozalagan holda içkariga kirişadi. Lekin xlorli yölaklardan foydalanilmaydi. Ularning soğlikka salbiy ta'siri borligi sababli foydalanilmaydi», – dedi vazirlik rasmiysi.
Eslatib ötamiz, 7 sentyabrdan Toşkent şahri va viloyatining har bir tumanida bittadan MTT oçilgan, viloyatlarda esa 14 sentyabrdan MTTlar oçilişi rejalaştirilgan.










