– Özbekiston media olami kundan kunga kengayib bormoqda. Sifat va auditoriya bilaş işlaş borasida qilinadigan işlar köp, albatta. Biroq sonning köpayişi raqobat muhitini şakllantiradi, raqobat esa salohiyatni yuksaltirişga xizmat qilişi kerak. Demak, ommaviy axborot vositalari sonining köpayişini yutuq sifatida qayd etsak böladi. Aytingçi, önlab tele va radiokanallar, gazeta va jurnallar, yuzlab internet saytlari, blogerlar, vlogerlar faoliyat yuritayotgan bu media makonda yangi onlayn telekanal öz örnini topa oladimi?
– Töğri aytdingiz. Jahonning ilğor mamlakatlaridagi kabi Özbekiston media sohasi resurslari yuqori sur'atlar bilan köpayişi kişini quvontiradi. Son bilan bir qatorda sifatning ham oşib borişi barçamiz uçun foydali.
Biz-TV Özbekistondagi bir guruh taşabbuskor yoşlar tomonidan 2020 yilda taşkil etildin va 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida sinov efiri boşlandi. Media makonda öz örnini topadi, deb ayta olaman. Men tanlov qilişda heç qaçon şoşmaganman va özimga yaraşa prinsiplarim bor. Telekanal konsepsiyasi va formati yoqqanligi uçun, uning kelajagi borligini körganim uçun yaqindan hamkorlik qilişga rozi böldim. Biz-TV – nima özi? Javob: Biz-TV – xorijda istiqomat qiluvçi özbek vatandoşlarni birlaştiruvçi bir köprik.
– Biz-TV xorijdagi hamyurtlarimiz uçun oçilgan birinçi telekanal sifatida tomoşabinga nimalarni taklif qiladi?
– Siz AQŞda yaşaysizmi, Rossiyada mehnat muhojirimiz yoki yapon yigitga turmuşga çiqib, Tokioga köçib ketganmisiz – baribir mana şu Vatanni, Özbekistonni soğinasiz. Ona yurt haqida har nafasingizda eslaysiz. Biz-TV aynan şu hislarni qalbidan ötkazuvçi insonlar uçun taşkil etilgan. Özbeklarning çet eldagi turmuş tarzi, erişayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari, eng asosiysi, hayotiy tajribasi rang-barang telemahsulotlar orqali körsatib beriladi. Bir narsani alohida ta'kidlaşim kerakki, telekanal efirida bironta negativ bölmaydi! Özim ham xorijda bir neça yildan buyon yaşayman, Özbekistonni soğinib ijtimoiy tarmoqlarni körib çiqaman. Ming afsuski, aksariyat hollarda, Vatanni soğinib kirgan odam negativ xabarlarni körib asablari tarang böladi. Asosli-asossiz ayblovlar, turli jinoyat va “samosud”lar, bir-birini qon qaqşatgan odamlar, özbeklarni şarmanda qiluvçi turli-tuman videolar... 70% ga yaqin xabar şunday mavzuda. Bizku, hayotda ozmi-köpmi tajriba töplagan, oqni qoradan ajrata olişga yoşi yetgan insonlarmiz. Lekin xorijdagi oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan, mehnat qilayotgan va kelajakda Özbekistonni rivojlantirmoqçi bölayotgan yoşlarga bu juda salbiy ta'sir qiladi. Zamona zayli bilan çet elda yaşayotgan özbek otaxonu onaxonlarçi?! Albatta, bugungi zamonda faqat pozitiv xabarni uzatişni söraşning özi qonunan notöğri. Lekin faqat pozitiv ruhdan iborat resurs yaratişni heç kim ta'qiqlay olmaydi. Biz-TV'ga meni yaqinlaştirgan va hamkorga aylantirgan sabab mana şu – pozitiv kayfiyat, Vatanni soğinganlar qalbiga çöğ soluvçi rolik va körsatuvlar! Butunlay boşqaça format! Işoning, Vatanni soğingan odamning qalbida qoralik bölmaydi, yurtiga yomonlik tilamaydi.













