Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sug‘urta polisisiz boshqarilgan avtotransportni ushlab turish tartibi bekor qilinadi
Parlament yuqori palatasining 7-yalpi majlisida «Byurokratik to‘siqlar yanada qisqartirilishi hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillari joriy qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama markazida bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, mazkur hujjat jami 6ta qonun va 3ta kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutadi.
Jumladan, tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish orqali:
– Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish tartibi bekor qilinadi.
– Ishga kirayotgan shaxsdan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxatidan turar joydan ma'lumotnoma chiqarib tashlanmoqda.
– Vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs tomonidan arizasiga yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organidan ma'lumotnomani ilova qilish talabi bekor qilinadi.
– Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan atmosfera havosini ifloslantirishning o‘rmonlarning holatiga zarar yetkazilgan hollarda tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha qaror qabul qilishni nazarda tutuvchi funksiya va vakolatlari chiqarib tashlanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026