U qamoqdan qutuliş uçun uruşga bordi, frontda dronlardan jasadlar orasiga kirib jon saqladi, söng tumanli kunda 70 kilometrdan ortiq yöl bosib, qoçişga muvaffaq böldi. Ammo ölimdan qoçib çiqqan özbekistonlik yigit endi vataniga qaytolmayapti: Rossiya uni kredit qarzi borligi vaji bilan çegaradan çiqarmayapti. Özi esa armiya hujjatlarida allaqaçon ölgan yoki bedarak yöqolgan deb qayd etilgan bölişi mumkinligini aytmoqda.

Qahramonimizning ismi va hozir turgan joyi xavfsizlik nuqtai nazaridan özgartirildi. Uni şartli ravişda Ravşan deb ataymiz.

Qamoqdan çiqiş uçun uruşga yozildi

Ravşan 2021-yilda işlaş va oilasiga yordam beriş maqsadida Rossiyaga borgan. Quriliş va ustaçilik işlarida mehnat qilgan. 2024-yilda esa narkotik modda bilan boğliq jinoyatda ayblanib, 9 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

U jinoyat tafsilotlarini oçiqlamadi, biroq öz aybini inkor ham qilmayapti.

- Özimni yaxşi inson qilib körsatmoqçi emasman. Xato qildim, adaşdim. Bu yölga kirişni heç kimga tavsiya qilmayman, - deydi u.

Ravşan jazoning ikki yilga yaqinini ötagan. Uning aytişiça, koloniyada Ukrainadagi uruşga boriş taklifi bir neça marta bildirilgan. Dastlab rozi bölmagan. Şundan keyin qayta-qayta izolyatorga joylaştirilib, oğir şaroit va ruhiy bosimga duç kelganini aytmoqda.

- Har safar tekşiruvga kelişganda uruşga borişni taklif qilişardi. Rad etsam, yana izolyatorda qoldirardi. Ovqatni yeb bölmasdi, şaroit juda oğir edi. Oxiri u yerdan çiqişning boşqa yöli yöqligini tuşundim.

Ravşanning ta’kidlaşiça, uruşga pul topiş uçun rozi bölmagan. U koloniyadan çiqib, keyin biror yöl bilan qoçiş va Özbekistonga qaytişni rejalaştirgan.

- Oldimda yana yetti yildan ortiq qamoq bor edi. U yerda pulning qiziği qolmagandi. Faqat çiqişni, qoçib, onamning oldiga qaytişni öyladim, - deydi Ravşan.

U uruşga boriş haqidagi hujjatlarga imzo qöygan kuniyoq boşqa mahbuslar bilan samolyotda harbiy hududga olib ketilganini aytdi. Ular kazarmaga joylaştirilib, bir oy davomida tayyorgarlikdan ötkazilgan. Keyin frontga yuborilgan.

- Ariza yozganimdan keyin özimni ölimga topşirgandek his qildim. Göyo bu dunyo bilan u dunyo örtasida turgandim, - deydi u.

«Dronlar odamlardan köp edi...»

Ravşanning sözlariga köra, ular oldin egallangan hududlardagi pozitsiyalarni qöriqlagan. U ukrain harbiylari bilan yuzma-yuz kelmagan. Asosiy xavf dronlardan bölgan.

Frontdagi eng oğir manzara uning xotirasida jasadlar bilan boğliq bölib qolgan.

- Dronlar juda köp edi. Osmonni doim kuzatib turardi. Suv içiş yoki non topiş uçun ham bemalol harakatlana olmasdik. Yerda turgan dron ham kamerasi orqali odamni körib, kötarilib kelib urişi mumkin edi.

Beş metrça narida önlab jasad yotardi. Ayrimlarining tanasi parçalangan, ba’zilari yonib ketgan. Dronlardan qoçib, jasadlar orasiga kirib jon saqlaşga ham töğri kelgan. Buni söz bilan ta’riflaş qiyin, - deydi Ravşan.

Ravşan bir muddatdan keyin qoçiş uçun qulay vaziyat kuta boşlagan. Uning sönggi topşiriği taxminan 5 kilometr uzoqlikdagi nuqtaga boriş bölgan. Ammo oçiq maydon dronlar nazoratida edi.

Öşa kuni hududni qalin tuman qoplagan. Ravşan bundan foydalanib, belgilangan yönalişdan ortga qaytgan. Dastlabki 30 kilometrni harbiy kiyimda, qölida avtomat bilan bosib ötgan.

Yöldagi postlardan birida uni töxtatib, qayerga ketayotganini söraşgan. Ravşan boşqa harbiy bölinma nomini aytib, topşiriq bajarayotganini bildirgan va ötib ketgan.

U yöl-yölakay qurol, harbiy kiyim va boşqa buyumlarini qoldirgan. Özini dron zarbasida halok bölgandek körsatiş uçun ayrim aşyolarini sindirib taşlaganini aytmoqda.

Ravşan 70 kilometrdan ortiq masofani bosib ötgaç, telefonida aloqa paydo bölgan. Şundan keyin avvaldan kelişilgan odamlarga xabar bergan. Ular maşinada kelib, uni harbiy hududdan olib çiqqan, kiyimini almaştirib, xavfsiz xonadonga joylaştirgan.

Ravşanning aytişiça, bular harbiy xizmatçi bölmagan özbekistonliklar edi. Ular xizmatlari uçun katta miqdorda pul talab qilgan. U uruşda olgan mablağni qoçiş va yaşiriniş uçun sarflagan.

Qoçişga muvaffaq böldi, ammo vatanga qaytolmayapti

Ravşan 3-4 oydan beri Moskvaga yaqin hududlardan birida yaşrinib yaşamoqda. U Özbekiston konsulligidan Vatanga qaytiş guvohnomasini olgan, çipta xarid qilib, aeroportga borgan. Ammo Rossiyadan çiqişiga çeklov qöyilgani aytilgan.

Uning sözlariga köra, çeklov sababi Rossiyada olingan kredit qarzdorligi bilan boğliq. Ravşan qarzni tölagan, ammo çeklov bekor qilinmagan. Keyin yana bir mikromoliyaviy taşkilot orqali olingan qarz paydo bölgan.

- Bu qarzni olganmanmi-yöqmi, aniq eslay olmayman. Oradan uç yil ötdi. Qamoqda va uruşda bölgan vaqtimda unga penya qöşilib ketgan bölişi mumkin.

U quruqlikdagi çegara orqali çiqişga ham bir neça marta uringan. Har safar qarzdorlik borligi aytilib, ortga qaytarilgan.

Ravşan Rossiya harbiy tizimida hozir qanday maqomda ekanini bilmaydi. U topşiriqqa ketib, qaytib bormagan. Quroli va buyumlarini ham voqea joyida qoldirgan. Şu sabab uni halok bölgan yoki bedarak yöqolgan, deb qayd etişgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

- Agar harbiy qismdan qoçganimni bilişganida, çegaraning özida uşlab qolişardi deb öylayman. Balki ular uçun men ölgan yoki bedarak yöqolganman. Lekin aniq bilmayman.

U doimiy işlay olmayapti. Harbiylar yoki politsiya xodimlari şaxsini tekşirib, qölga olişidan qörqadi.

- Yigirma kunda bir marta iş çiqsa işlayman. Topganim qornimni töydirişga zörğa yetadi. Bu yerda bir kunni ötkaziş ham qiyin, - deydi u.

Ravşan Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonasi, mahalliy hokimliklar va boşqa idoralarga murojaat qilganini aytdi. Şuningdek, ijtimoiy tarmoq orqali boş vazir örinbosari Dilnoza Kattaxonovaga ham yozgan. Ammo hozirça uni vatanga qaytariş masalasi hal bölmagan.

Özbekistonda esa yolğiz onasi, singillari va boşqa yaqinlari uni kutmoqda.

- Xato qildim, adaşdim. Boşimdan ötganlar közimni oçdi. Hozir yagona maqsadim – vatanga, onamning oldiga qaytiş. Boşqa maqsadim yöq.

Ravşanning qamoqdagi bosimlar, uruşga jalb qilinişi, frontdan qoçişi va Rossiyadan çiqişiga qöyilgan çeklov haqidagi gaplari uning şaxsiy bayonotiga asoslangan. Tahririyatda uning özi va Özbekistondagi yaqinlari bilan boğlaniş imkonini beruvçi ma’lumotlar mavjud.

Vakolatli idoralar uning vaziyatini örganiş va Özbekistonga qaytariş masalasida hamkorlik qilişga tayyor bölsa, tahririyat zarur aloqa ma’lumotlarini taqdim etişi mumkin.