Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, Çöponota köprigi qurilişi eng sönggi texnologiyalariga muvofiq barpo etilmoqda. Butun dunyoda faol qöllanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qöllagan holda quriliş – montaj işlari olib borilmoqda.

Köprikning tayanç ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgaça bölişi möljallangan. Köprikning estetik jihatdan çiroyli körinişi uçun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilişi nazarda tutilgan. Tungi yoritiş tizimi köprikka aholining e'tiborini tortuvçi zamonaviy körinişni ta'minlaydi.

Çöponota köprigining umumiy uzunligi 597 metrni, boğlamalari bilan birgalikda 950 metrni taşkil qiladi. Köprik qurilişida avtomobillar, piyodalar va velosiped uçun yölaklar nazarda tutilgan.

Köprik qatnov qismi qoplamasining eng sönggi texnologiya va yuqori sifatli quriliş materiallarini qöllagan holda qurilişi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanişini ta'minlaydi, deyiladi xabarda.