Şu kabi savollar yuzasidan Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodida OAV uçun press-tur taşkil etildi.
Bilamizki, paxtaçilik rivojlanişining zamonaviy holati paxta yetiştiriş va hosilni yiğiştirib olişning barça jarayonlari qançalik mexanizatsiyalaşgani bilan belgilanadi.
Hukumat şu yil 14 yanvarda «Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalaş darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida» qaror qabul qilgan edi. Unga asosan:
- Birinçi bosqiçda (2020–2022 yillar) Jizzax, Qaşqadaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlarida;
- Ikkinçi bosqiçda (2023–2026 yillar) respublikaning qolgan hududlarida paxta xosilini yiğiştirib olişni mexanizatsiyalaşni jadallaştiriş belgilangan.
«Toşkent qişloq xöjaligi texnikasi zavodi» AJ bu yilgi mavsumga 850 dona paxta teriş maşinalarini işlab çiqarişni va respublika hududlariga yetkazib berişni rejalaştirgan.

Şundan 550 tasi – CE-220 rusumli (Case) gorizontal şpindelli, 300 donasi – MX-1.8 rusumli vertikal şpindelli paxta teriş maşinalari.
Ma'lum qilinişiça, hozirda zavoddan CE-220 rusumli paxta teriş maşinalari transformer şaklida işlab çiqarilmoqda. Paxta mavsumida uşbu modeldan paxta teriş maşinasi sifatida, qolgan davrlarda universal-haydov traktori sifatida foydalaniş mumkin. Ya'ni fermer bundan faqat paxta teriş uçun emas, qolgan qişloq xöjalik yumuşlarida ham foydalanişi mumkin. Modelning asosiysi yutuği ana şunda.

Yangi avlod paxta teriş maşinasining iş unumdorligi kuniga 20 tonnagaça bölib, 400 nafargaça terimçi örnini bosa oladi.
Hozirda uşbu maşinalar butlovçi qismlarining 20 foizidan ortiği lokalizatsiya qilingan.
Ta'kidlanişiça, maşinalar fermerlarga CE-220 rusumli paxta teriş maşinalari 10 yil muddatga, MX-1.8 rusumli paxta teriş maşinalari esa 7 yil muddatga ustuvor ravişda paxta-töqimaçilik klasterlari va fermer xöjaliklariga yetkazib berilmoqda.



















