2017 yil 4 oktabr kuni Toşkent şahrida Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisi ötkazildi. Unda majburiy mehnatga yöl qöymaslik yuzasidan «Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir çora-tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida» gi qarori loyihasi muhokama qilindi.

Qişloq xöjaligi maşinasozligini rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar xususida Özbekiston Boş vaziri örinbosari, «Özagrotexsanoatxolding» boşqaruvi raisi Nodir Otajonov ma'ruza qildi. 

Uning ta'kidlaşiça, 2018 yilda 3 mingta, 2019 yilda 5 ming, undan keyingi yillarda yiliga 10 mingta paxta teriş maşinasi işlab çiqiş va kamida 2 mingtasini eksportga yönaltiriş rejalaştirilmoqda. Keyingi yili işlab çiqilgan paxta teriş maşinalarining 80 foizi Toşkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari dalalariga yetkazib beriladi. Qaşqadaryo viloyatiga 100 dona maşina yetkaziladi. 

«Butun respublika böyiça paxta terişni mexanizatsiyalaştirişni ta'minlaş uçun kamida 14—15 mingta paxta teriş maşinasini işlab çiqariş talab etiladi», degan Nodir Otajonov.

Bahs-munozaralardan söng, Senat a'zolari «Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir çora-tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida»gi qarorni  qabul qilişdi. Unda qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qişloq xöjaligi samaradorligi va rentabelligini,uni mexanizatsiyalaş darajasini oşirişda, şu jumladan paxta hosilini maşinada teriş hajmini köpaytirişda, şuningdek mavsumiy qişloq xöjaligi işlarini ötkazişda bozor mexanizmlarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş böyiça çoralar körişi kerak böladi. 

Bundan taşqari, mamlakat hukumati joriy agrotexnologiyalar qöllanilişini yaxşilaş hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, mexanizatsiyalangan terimga şaylikni ta'minlaydigan hamda yuqori darajada samara beradigan ğöza navlarini yaratişni rivojlantiriş,oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoşligini oşiriş maqsadida agrar sektorda amaldagi quvvatlarni modernizatsiyalaş, jalb etiladigan mavsumiy işçilarni iqtisodiy jihatdan rağbatlantirişning turli usullarini işlab çiqadi.