«Samarqand viloyatida şu paytgaça 34 ta paxta teriş maşinasi bor edi. Şundan 17 tasi birinçi terimga jalb etişga yaroqsiz hisoblanadi.

2020 yilgi paxta mavsumi uçun 37 ta paxta teriş maşinasi olib kelinmoqda. Ulardan Özbekistonda işlab çiqarilgan beştasi hozirda klaster korxonalari maşina parklarida turgan bölsa, xorijdan olib kelingan 20 ta maşinani ayni vaqtda bojxona postlarida hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni ketmoqda. Tez orada barça maşinalar olib kelinib, işga jalb etiladi», – dedi Jamşid Nasriddinov.

J.Nasriddinovga köra, şu vaqtga qadar Samarqandda paxtaning 5 foizi maşinalarda terib olingan. Joriy mavsumda esa dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib, bu körsatkiç 15 foizga yetişi taxmin qilinmoqda. Qolgan 85 foiz paxta qölda teriladi.

Paxta teriş maşinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomaşyosi uçun 920 ming sömdan kam bölmagan xizmat haqi tölaş belgilangan.