Bugun, 11 sentabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Senatining 7-yalpi majlisida mamlakatda ilmiy faoliyatni rivojlantiriş körsatkiçlarining qoniqarsizligi xususida söz bordi.

Qayd etilişiça, ilm-fan sohasiga ajratilgan moliyalaştiriş bugungi kunda yalpi içki mahsulotga nisbatan atigi 0,2 foizni taşkil etadi.

«Innovatsion rivojlaniş strategiyasida 2021 yilgaça ilm-fanga ajratiladigan mablağlar yalpi içki mahsulotning 0,8 foizgaça oşirilişi belgilangan bölsa-da, bu körsatkiç 2018-2020 yillarda turğun darajada 0,15 foiz miqdorida qolmoqda.

Oliy ta'lim muassasalari köpaygani holda joylarda yangi moddiy texnik bazani şakllantiriş, ta'lim muassasalarida ilmiy darajali professor-öqituvçilarning salmoği yetarli emas, ilmiy salohiyat körsatkiçi past.

Tahlillarga köra, sönggi uç yilda tayanç doktorantura va doktorantura bitiruvçilarining dissertatsiya işi himoyasi 54,7 foizni taşkil etgan. Magistrlar ilmiy faoliyatni davom ettirişi böyiça yetarliça şart-şaroitlar yaratiş muammosi tölaqonli yeçim topmagan.

Mamlakat mintaqalaridagi ta'lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan şuğullaniş past darajada qolmoqda. Dissertatsiya himoyalarining 66 foizi Toşkent şahriga, qolgan 34 foizigina viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi hissasiga töğri kelmoqda», dedi senator Oral Ataniyazova.

Senat raisi Tanzila Norboyeva ilmiy faoliyat rivoji bilan boğliq muammolarga munosabat bildirdi.

«Ilmiy taşkilotlar örtasida raqobat muhitini rivojlantiriş zarur. Aksariyat ilmiy taşkilotlar fan yönalişlarida monopolistga aylanib qolgan.

Bundan taşqari, ilm-fanni moliyalaştirişda xususiy sektor uluşini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş çoralarini köriş lozim. Xususiy sektorni fundamental tadqiqotlarning olib borilişiga qiziqtiriş kerak. Yaponiyada 90 foiz tadqiqotlar xususiy sektor tomonidan moliyalaştiriladi. Bu borada Yaponiya tajribasini örganiş maqsadga muvofiq», dedi yuqori palata raisi.

Mazkur muammolar yuzasidan tuşuntiriş oliş maqsadida senatorlar Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovini yuboriş töğrisida qaror qabul qilişdi.